Maxfiylik siyosati
Kuchga kirgan sana: 25.09.2026
Safy — yashirin kuzatuv vositasi emas. "Safy Kid" bola qurilmasiga ota-ona tomonidan ochiq o'rnatiladi, ilova belgisi ko'rinib turadi va bola uning mavjudligidan xabardor bo'ladi. Biz ma'lumotlarni faqat ota-ona nazorati xizmatini ko'rsatish uchun, ota-onaning roziligi asosida qayta ishlaymiz.
1. Biz kimmiz
"Safy Parent" va "Safy Kid" ilovalarini (keyingi o'rinlarda "Ilovalar") "WEBASE" MChJ (WEBASE LLC) ishlab chiqadi va boshqaradi.
- STIR: 306 870 797
- Manzil: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Qoratosh mavzesi, 106-uy
- Aloqa: info@webase.uz
2. Siyosat nimaga taalluqli
Ushbu siyosat iOS va Android uchun "Safy Parent" (ota-ona ilovasi), "Safy Kid" (bola qurilmasiga o'rnatiladigan ilova) va ular bilan bog'liq server xizmatlariga taalluqli.
3. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
3.1. Ota-ona akkaunti
- Telefon raqami (SMS kod orqali tasdiqlanadi).
- Ism, familiya, email, tug'ilgan sana, jins (ixtiyoriy).
- Profil rasmi (ixtiyoriy).
- Google yoki Apple orqali kirilganda: ular taqdim etgan identifikatsiya tokeni, ism va email.
- Ilova tili.
3.2. Bola profili (ota-ona kiritadi)
- Ism, familiya, tug'ilgan sana, jins, rasm.
- Telefon raqami (SMS kod orqali tasdiqlanadi).
3.3. Bola qurilmasidan ("Safy Kid")
- Aniq geolokatsiya, jumladan ilova fonda ishlaganda: koordinatalar, aniqlik, vaqt, batareya darajasi va soxta joylashuv belgisi. Odatda bir necha daqiqada bir marta yoki qurilma harakatlanganda yuboriladi.
- Xavfsiz hududlarga kirish va chiqish hodisalari.
- SOS va "meni olib keting" signallari (joylashuv bilan).
- Android: o'rnatilgan ilovalar ro'yxati (nomi, paket nomi, ikonkasi) va ilovalardan kunlik foydalanish vaqti.
- Android: qurilmani qulflash va ilovalarni bloklash holati. Maxsus imkoniyatlar (Accessibility) xizmati hozir ochiq turgan ilovani aniqlash (cheklangan ilovalarni bloklash uchun) va shu ilovaning himoyalangan sozlamalar sahifalarini tanish uchun ishlatiladi — maxsus imkoniyatlar, qurilma administratori, «Boshqa ilovalar ustidan ko'rsatish»; ularni o'zgartirish uchun ota-onaning PIN-kodi so'raladi. Bu tekshiruv faqat qurilmaning o'zida bo'ladi; ekrandagi matn va kontent saqlanmaydi va yuborilmaydi. Ota-onaga faqat «himoya o'chirildi» kabi tayyor xabar boradi.
- Sozlamalar PIN-kodi sozlash paytida bola qurilmasida yoki ota-ona tomonidan masofadan o'rnatiladi (u holda serverimiz va push-xizmat orqali yetkaziladi). Serverda faqat PIN o'rnatilgan yoki yo'qligi saqlanadi; PIN boshqa maqsadda ishlatilmaydi.
3.4. Qurilma va texnik ma'lumotlar
- Qurilma nomi, ishlab chiqaruvchisi, modeli, operatsion tizim va ilova versiyasi, vaqt mintaqasi.
- Qurilma yoki o'rnatish identifikatori, push-bildirishnoma tokeni, faol seanslar ro'yxati.
- Ikkala ilovaning iOS va Android versiyalaridan nosozlik hisobotlari. iOS'da hisobotga akkaunt identifikatori biriktiriladi.
3.5. To'lovlar
Obuna App Store yoki Google Play orqali rasmiylashtiriladi. Biz faqat xarid identifikatori (tranzaksiya ID yoki xarid tokeni) va tarif nomini olamiz. Bank kartasi ma'lumotlari bizga kelmaydi.
3.6. Nimalarni yig'maymiz
- Ota-onaning joylashuvi faqat qurilmada xaritada ko'rsatish uchun ishlatiladi va serverga yuborilmaydi.
- Kamera faqat QR kodni skanerlash va profil rasmini olish uchun ishlatiladi.
- Bola qurilmasidagi xabarlar, qo'ng'iroqlar, kontaktlar, rasmlar galereyasi va brauzer tarixi yig'ilmaydi (foydalanuvchining o'zi tanlab yuklagan profil rasmi bundan mustasno).
- Reklama va reklama analitikasi vositalari ishlatilmaydi.
3.7. "Safy Kid" (Android) so'raydigan ruxsatlar
Har bir ruxsat faqat quyida ko'rsatilgan maqsadda ishlatiladi va foydalanuvchiga maqsadi tushuntirilgandan keyin so'raladi.
ACCESS_FINE_LOCATION,ACCESS_COARSE_LOCATION— bolaning joylashuvini aniqlash va ota-onaga xaritada ko'rsatish.ACCESS_BACKGROUND_LOCATION,FOREGROUND_SERVICE,FOREGROUND_SERVICE_LOCATION— ilova fonda bo'lganda ham joylashuvni yangilab turish. Kuzatuv davomida qurilmada doimiy bildirishnoma ko'rinib turadi.PACKAGE_USAGE_STATS— har bir ilovadan qancha vaqt foydalanilganini o'lchash (ekran vaqti statistikasi).QUERY_ALL_PACKAGES— o'rnatilgan ilovalar ro'yxatini olish, ota-ona cheklov qo'yishi uchun.BIND_ACCESSIBILITY_SERVICE— cheklangan ilova ochilganini aniqlash va uni bloklash, hamda shu ilovaning sozlamalarini (maxsus imkoniyatlar, qurilma administratori, ustidan ko'rsatish ruxsati) ota-onaning PIN-kodisiz o'chirishdan himoyalash. Ota-ona qurilmani qulflagan paytda bildirishnoma pardasi yopiladi. Ekrandagi matn va kontent faqat qurilmaning o'zida tekshiriladi, saqlanmaydi va uzatilmaydi.SYSTEM_ALERT_WINDOW— bloklangan ilova ustidan qulf ekranini ko'rsatish.BIND_DEVICE_ADMIN— ota-ona so'rovi bilan qurilmani qulflash va ilovani ruxsatsiz o'chirishdan himoyalash.CAMERA— ota-ona akkauntiga ulanish uchun QR kodni skanerlash va profil rasmini olish. Rasm serverga faqat siz uni profilga o'rnatganingizda yuboriladi, video olinmaydi.READ_PHONE_STATE— qo'ng'iroq kelayotganini yoki davom etayotganini aniqlash: shu paytda Safy'ning to'liq ekranli oynalari (bloklash, joylashuv yoki vaqt ogohlantirishlari) yashiriladi va bola qo'ng'iroqqa javob bera oladi. Qo'ng'iroq tafsilotlari, raqamlar va qo'ng'iroqlar tarixi o'qilmaydi va yig'ilmaydi.POST_NOTIFICATIONS,VIBRATE— bildirishnomalarni ko'rsatish.RECEIVE_BOOT_COMPLETED,REQUEST_IGNORE_BATTERY_OPTIMIZATIONS,SCHEDULE_EXACT_ALARM,WAKE_LOCK— qurilma o'chib-yonganda himoyani qayta ishga tushirish va tizim xizmatni to'xtatib qo'ymasligi uchun.INTERNET,ACCESS_WIFI_STATE— server bilan ma'lumot almashish va ulanish holatini tekshirish.
"Safy Parent" ilovasi faqat joylashuv (xaritani ota-ona qurilmasida markazlash uchun), kamera (QR kod va profil rasmi) va bildirishnoma ruxsatlarini so'raydi.
4. Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz
- Xizmatni ko'rsatish: bola joylashuvi va tarixi, xavfsiz hududlar, ekran vaqti, ilova cheklovlari, qurilmani qulflash.
- Bildirishnomalar yuborish (SOS, hududga kirish va chiqish va boshqalar).
- Kirish, akkaunt xavfsizligi va seanslarni boshqarish.
- Obunani do'kon orqali tekshirish.
- Nosozliklarni aniqlash va xizmat sifatini oshirish.
- Qonun talablarini bajarish.
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz.
5. Rozilik va bolalar maxfiyligi
"Safy Kid" bola qurilmasiga ota-ona yoki qonuniy vakil tomonidan, bolaning xabardorligi bilan o'rnatiladi. Ota-ona bola ma'lumotlarini qayta ishlashga rozilik beradi va bolani bu haqda xabardor qilish uchun javobgar. Ilova yashirin ishlamaydi: uning belgisi ko'rinib turadi, Android'da esa kuzatuv davomida doimiy bildirishnoma chiqadi.
Biz bolalardan ota-ona roziligisiz ma'lumot yig'maymiz. Agar bunday holat yuz berganini bilsangiz, bizga xabar bering, ma'lumot o'chiriladi.
6. Uchinchi tomonlar
- Google LLC: Firebase Cloud Messaging (push-bildirishnomalar), Firebase Crashlytics (ikkala ilovaning iOS va Android nosozlik hisobotlari), Google Maps Platform (xaritalar; bildirishnomadagi xarita uchun joylashuv koordinatalari Google'ga yuboriladi), Google bilan kirish, Google Play Billing, Google Play xizmatlarining joylashuv funksiyalari.
- Apple Inc.: Apple bilan kirish, App Store to'lovlari, Apple Push Notification service.
- SMS xizmati: Play Mobile, tasdiqlash kodini yuborish uchun.
- Server va hosting: «Scientific Technologies», O'zbekiston.
- Davlat organlari: faqat qonunda belgilangan hollarda.
Bu kompaniyalar ma'lumotlarni o'z maxfiylik siyosatlariga muvofiq qayta ishlaydi.
7. Saqlash joyi va xavfsizlik
Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda, "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq saqlanadi. Ma'lumotlar shifrlangan HTTPS (TLS) ulanishi orqali uzatiladi. Kirish tokenlari qurilmada himoyalangan xotirada (iOS Keychain, Android'da shifrlangan xotira) saqlanadi, serverdagi ma'lumotlarga kirish esa cheklangan. Internetda ma'lumot uzatishning hech bir usuli to'liq xavfsizlikni kafolatlamaydi.
8. Saqlash muddati
- Joylashuv tarixi: 30 kun.
- Ilovalardan foydalanish statistikasi: 30 kun.
- Akkaunt va bola profillari: akkaunt o'chirilgunga qadar. O'chirilgandan keyin 30 kun ichida o'chiriladi. Qonun saqlashni talab qiladigan to'lov yozuvlari bundan mustasno.
9. Huquqlaringiz
- Profil ma'lumotlarini ilovada ko'rish va tahrirlash.
- Akkauntni o'chirish: ilovadagi Sozlamalar → Akkauntni o'chirish (ikkala ilovada ham). "Safy Kid"da o'chirish uchun ota-ona belgilagan sozlamalar PIN-kodi so'raladi.
- Bolani akkauntdan ajratish va boshqa qurilmalardagi seanslarni yakunlash.
- Qurilma sozlamalarida joylashuv, bildirishnoma va boshqa ruxsatlarni o'chirish (bunda ayrim funksiyalar ishlamaydi).
- "Safy Kid" ilovasini o'chirish bola qurilmasidan ma'lumot yig'ishni to'xtatadi.
- Rozilikni istalgan vaqtda qaytarib olish: bolani akkauntdan ajratish, "Safy Kid" ilovasini o'chirish yoki akkauntni o'chirish orqali. Shundan keyin ma'lumot yig'ish to'xtaydi.
- Shaxsga doir ma'lumotlar bo'yicha vakolatli davlat organiga shikoyat qilish.
- Boshqa so'rovlar uchun info@webase.uz manziliga yozing. 3 ish kuni ichida javob beramiz.
10. Huquqiy asos
Shaxsga doir ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuni (O'RQ-547) va boshqa amaldagi qonunchilikka muvofiq qayta ishlanadi. Qayta ishlashning huquqiy asosi — ota-ona yoki qonuniy vakilning roziligi hamda ilovadan foydalanish shartlarini bajarish.
11. O'zgarishlar
Siyosat yangilanganda yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi va kuchga kirgan sana o'zgaradi. Muhim o'zgarishlar haqida ilova orqali ham xabar beramiz.
12. Aloqa
"WEBASE" MChJ, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Qoratosh mavzesi, 106-uy. Email: info@webase.uz.